Imom noiblar qanday malaka oshirdi?

Shu yilning 18 fevralidan boshlab mintaqaviy filialimizda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida faoliyat olib borayotgan imom noiblari uchun “Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash asoslari” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari tashkil etildi.
Malaka oshirish kursida Samarqand viloyatidan 51 nafar, Buxoro viloyatidan 23 nafar, Jizzax viloyatidan 21 nafar, Navoiy viloyatidan 1 nafar va Sirdaryo viloyatidan 18 nafar jami 114 nafar imom noiblari o‘qidi.
Mashg‘ulotlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Hadis ilmi maktabi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi rahbar va xodimlari hamda Samarqand davlat universitetining malakali professor-o‘qituvchilari toomnidan muammoli ma’ruza, amaliy-trening, davra suhbati, munozara, katta va kichik guruhlarda ishlash interfaol metodlardan foydalangan holda olib borildi.
Tinglovchilarning mashg‘ulotlardan bo‘sh vaqtlari ham samarali tashkil etildi. Xususan, ular Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Hadis ilmi maktabining rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilari bilan davra suhbatlari, viloyatda olib borilayotgan diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar bilan bevosita tanishdilar.
Imom noiblar malaka oshirish kursini tugatib, yurtimiz tinchligini asrash, islom dini tinchlikparvarlik, insonparvarlik, vatanparvarlik kabi asl maqsadlarini xalqimiz, ayniqsa yoshlarga tushuntirish ishlarini olib bormoqda.
Jamshid Ochilov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filiali direktori.