Indoneziyada Samarqandning turizm salohiyati namoyish etildi

O‘zbekiston stendi ostida viloyat turizmni rivojlantirish departamenti vakillari ishtirok etdi.

Uch kun davom etgan xalqaro ko‘rgazmada minglab ishtirokchilar O‘zbekistonga katta qiziqish bildirdilar hamda yaqin kelajakda, albatta, mamlakatimizga tashrif buyurish istagida ekanliklarini ma’lum qilishdi.

Ko‘rgazma davomida ikki mamlakat turistik tashkilotlari o‘rtasida shartnomalar imzolandi. “Tara Tours”, “Dimita Transports”, “Vsitrip” kabi tashkilotlar rahbarlari ham O‘zbekiston bilan turizm sohasida hamkorlik qilish istagini bildirdi.

2012 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan “Kompas Travel Fair” xalqaro turistik ko‘rgazmasi Indoneziyadagi eng yirik ko‘rgazmalardan biri hisoblanadi. Joriy yilgi tadbirda 10 ta aviakompaniya, 71 ta turistik tashkilot ishtirok etdi. Uch kun davom etgan ko‘rgazmaga 45 ming atrofida mehmon tashrif buyurdi.

 Sitora BOZOROVA.