Ingliz tili o‘qituvchilari o‘qitildi

Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekistondagi Amerika Kengashlari bilan hamkorlikda ingliz tili fani o‘qituvchilarining kasbiy malakasini oshirish maqsadida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
English Speaking Nation: Secondary Teacher Training (Ingliz tilida so‘zlashadigan millat: o‘rta maktab o‘qituvchilari malakasini oshirish) loyihasi doirasidagi ushbu seminarda viloyatimizning umumta’lim maktablaridan 90 nafar ingliz tili o‘qituvchilari hamda chet tili fanlari uslubchilari ishtirok etdi.
Seminarda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashlari dasturi hamda Xalq ta’limi vazirligi vakillari tomonidan ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy malakasini oshirish, tilni noan’anaviy usullardan foydalangan holda samarali o‘qitish bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.
O‘qituvchilar mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, o‘zaro fikr almashdi.
Zarifa IBODULLOYeVA.