Inson a’zolari transplantatsiyasi qonun bilan tartibga solindi

“Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–768-son, 11.05.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga muvofiq, inson a’zolari va to‘qimalarini olish hamda ularning transplantatsiyasi davlat sog‘liqni saqlash tizimining tibbiyot muassasalari tomonidan amalga oshiriladi, ushbu muassasalarning ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini retsipiyentlarga transplantatsiya qilish inson a’zolarining va (yoki) to‘qimalarining transplantatsiyasi zarurligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi.

Transplantatsiya retsipiyentning yozma roziligi bilan amalga oshiriladi.