“Inson huquqlari uyi” tashkil etildi
- 28.03.2022 16:54
- 73
- Qonun va hujjatlar
“Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatining moddiy-texnika ta’minotini yanada yaxshilash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida Inson huquqlari bo‘yicha axborot-kutubxona markazi – “Inson huquqlari uyi” tashkil etildi.
Markazga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatildi:
- inson huquqlari sohasida ilmiy-huquqiy bazani tizimlashtirish, o‘quv, ilmiy-uslubiy va ommabop nashrlar hamda xalqaro shartnomalarning davlat tilidagi to‘plamlari doimiy chop etilishini ta’minlash;
- inson huquqlarini ta’minlashga oid islohotlarning xronologiyasini yuritish, fuqarolar va ilmiy tadqiqotchilarga inson huquqlari bo‘yicha tizimlashgan ilmiy-huquqiy manbalardan foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratish.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ta’lim aqlli intellekt girdobiga tushmasligi kerak
- 1 soat avval
- Ta’lim
Tahririyatning vijdoni edi
- Bugun, 09:20
- Mutolaa
Tokioda taksisidagi halollik darsi
- Kecha, 18:15
- Mutolaa
Odamovi Matseslar
- Kecha, 17:11
- O'qing, qiziq!