BMT Donbassda qurolli to‘qnashuvlar boshlanganidan buyon 3367 nafar tinch aholi halok bo‘lganligi haqida ma’lum qildi

BMTning Ukrainadagi inson huquqlari masalalari bo‘yicha missiyasi Donbassda qurolli to‘qnashuvlar boshlanganidan buyon 3367 nafar tinch aholi halok bo‘lganini qayd etdi, 7 mingdan ortiq inson jarohatlangan. Bu haqda 22 sentyabr kuni missiya rahbari Matilda Bogner ma’lum qildi.

  2014 yilning fevralida Ukrainada bo‘lib o‘tgan davlat to‘ntarilishidan so‘ng mamlakat tarkibiga kiruvchi Lugansk (Lugansk Xalq Respublikasi - LXR) va Donetsk (Donetsk Xalq Respublikasi - DXR) o‘z mustaqilligini e’lon qildi. O‘sha yilning o‘zida Ukraina o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan LXR va DXRga qarshi harbiy operatsiya boshladi. BMT taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu to‘qnashuvlarda umumiy hisobda 13 mingga yaqin inson halok bo‘lgan.