Inson yaqin 20 yilda hayvonlar bilan muloqot qilish imkoniga ega bo‘lishi mumkin

Yaponiyada insonning hayvonlar bilan tillashishiga yordam beradigan elektron pribor ustida ish olib borilmoqda. Aholi yaqin 20 yil ichida o‘zining it va mushuklari bilan bemalol muloqot qilish imkoniga ega bo‘lishi mumkin.
Ilgari Yaponiyada bu borada 2040 yilgacha ilmiy taxminlar e’lon qilingan “Oq kitob” nashr etilgandi. Unda odamlar ushbu muddatda uy hayvonlari bilan so‘zlashishni o‘rganish aytilgandi. Bunday texnologiyalar nafaqat hayvonlar bilan aloqani ta’minlashi, balki turli sabablar bilan so‘zlashish imkoniyatini yo‘qotgan yoki tug‘ma soqovlar bilan gaplashishni tiklash uchun ham asqotadi.
Misol uchun, miyasi falajlangan mijozlar boshiga elektrod o‘rnatiladi. U miya faoliyatini jonlantirib, fikrni ekranda aks ettiradi.
Yaponlar agar bunday elektronqurilma bilan xizmat itlari “jihozlansa”, ular tabiiy ofatlarda odamlarni qutqarish, portlovchi va giyohvand moddalarni topishda qo‘l kelishini aytishmoqda.

T.MUROD tayyorladi.