Iroqda ommaviy “komendant soati” joriy etildi
- 02.06.2020 18:45
- 74
- COVID-19
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Iroqdagi vakili mamlakat bo‘ylab joriy etilgan “komendant soati”ni COVID-19 infeksiyasi bilan kurashish uchun zaruriy chora deya atadi va fuqarolarni joriy etilgan cheklovlarga qat’iy amal qilishga chaqirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Mamlakat Sog‘liqni saqlash va milliy xavfsizligi oliy qo‘mitasi Bosh vazir Mastafo al-Kozimi boshchiligida 31 may sanasidan e’tiboran bir hafta muhlatga mamlakat bo‘ylab ommaviy 24 soatlik “komendant soati” joriy etilishi haqida qaror qabul qildi.
Iroq Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan so‘ngi ma’lumotga ko‘ra, 1 iyun holatiga mamlakatda jami 6439 nafar koronavirus holati aniqlangan. Bemorlarning 3156 nafari tuzalgan va 205 nafari vafot etgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!