Ishga qabul qilinayotganda qanday hujjatlar so‘raladi?
✅ Qonunchilikka ko‘ra, ishga qabul qilish chog‘ida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
🔹pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat yoxud identifikatsiyalovchi ID karta (16 yoshgacha bo‘lgan shaxslar esa tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki identifikatsiyalovchi ID karta);
🔹oxirgi ish joyi bo‘yicha tasdiqlangan qog‘oz shaklidagi mehnat daftarchasi yoki elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirma (bundan birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar mustasno).
O‘rindoshlik asosida ishga kirayotganlar mehnat daftarchasi o‘rniga asosiy ish joyidan ma’lumotnoma;
🔹harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar uchun tegishincha harbiy guvohnoma yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma;
🔹oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tashkilotini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom;
❕qaysi ishni bajarish uchun faqat maxsus ma’lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan shaxslar qo‘yilishi mumkin bo‘lsa, o‘sha ishga kirish chog‘ida ushbu ishni bajarish huquqiga doir guvohnoma (sertifikat) yoxud boshqa tegishli hujjat;
🔹soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR);
🔹jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR);
🔹jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi, birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno.