DXMda yo‘qolgan ashyolarni topshirish, saqlash va qidirish bo‘yicha xizmat yo‘lga qo‘yildi
- 21.04.2022 09:58
- 57
- O‘zbekiston
Endilikda, yo‘qolgan ashyolarni Davlat xizmatlari markazlariga topshirish va saqlash hamda yo‘qolgan ashyolarni qidirish xizmatidan foydalanishingiz mumkin.
Avvalroq, “Yo‘qolgan ashyolarni qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilingan edi.
Qarorga ko‘ra, yo‘qolgan ashyoning topilmaganligi haqida ma’lumotnoma berish uchun Markazlarga murojaat etilganda BHMning 5 foizi, Yagona portal orqali murojaat etilganda 4 foizi, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun BHMning 2 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa