DXM orqali pensiya tayinlash uchun ariza berish xizmati ishga tushirilganligidan xabardormisiz?
Endilikda fuqarolar Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali pensiya tayinlash uchun ariza topshirishi mumkin.
Xizmatning afzalliklari:
- istalgan Davlat xizmatlari markaziga borgan yoki onlayn tarzda my.gov.uz saytiga kirgan holda pensiya olish uchun ariza topshirishning mumkinligi;
- xizmatning tez va sifatli ko‘rsatilishi natijasida ortiqcha vaqt sarflanmasligi;
- xizmatdan foydalanish uchun hech qanday haq undirilmasligi.
Xizmatdan foydalanish uchun:
- Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurish yoki my.gov.uz saytiga kirib, tegishli xizmatni tanlash;
- so‘rovnomani to‘ldirgan holda ariza yo‘llashning o‘zi yetarli.
Arizani ko‘rib chiqish bosqichlari:
- ariza Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun «Pensiya» dasturiy majmuasiga yuboriladi;
- Pensiya jamg‘armasining «Pensiya» dasturiy majmuasi axborot tizimi orqali tegishli vazirlik va idoralararo axborot almashinuvi asosida olinadigan fuqaroning ish staji, ish haqi hamda boshqa ma’lumotlariga asosan davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartib va me’yorlarga muvofiq hisoblaydi va tayinlaydi;
- Pensiya tayinlanganligi yoki rad etilganligi sabablarini ko‘rsatgan holda Davlat xizmatlari markaziga yoki my.gov.uz saytidagi shaxsiy kabinetga ma’lumotnoma yuboriladi;
- Davlat xizmatlari markazi murojaat qiluvchini ariza natijasi haqida xabardor qiladi.
Natija 10 ish kunida taqdim etiladi.