Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

IShID yetakchiligiga nomzodlardan biri Iroqda qo‘lga olindi

Iroq maxsus xizmati IShID (O‘zbekistonda taqiqlangan) yetakchiligiga nomzod etib ko‘rsatilayotgan terrorchi Abdul Naser Kardash qo‘lga olinganligi to‘g‘risida ma’lum qildi. U “Islom davlati” yetakchisi Abu Bakr al-Bog‘dodiy yo‘q qilinganidan so‘ng yetakchilik qilishga asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilayotgan edi. Bu haqda 20 may kuni Iroqning Alsumaria telekanali ma’lum qildi.

“Bugun al-Bog‘dodiy o‘rnini egallashga asosiy nomzodlardan biri hisoblangan terrorchi qo‘lga olindi. Hibsga olish ishlari aniq ma’lumotlar asosida amalga oshirildi”, deya keltirdi telekanal Iroq razvedkasi taqdim etgan ma’lumotni. Shu bilan birga razvedka xizmati terrorchining suratlarini ham taqdim etdi.

2019 yil 27 oktyabr kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bog‘dodiyni yo‘q qilinganligi haqida ma’lum qilgan edi.