Ishxonada koronavirusdan o‘lim holati bo‘lsa rahbarga nisbatan jazo qo‘llaniladimi?
- 09.09.2020 18:50
- 429
- COVID-19
Bunday holatlarda, agar korxona tomonidan sanitariya qoidalari ta’minlanmagan, deb gumon qilinsa, rasmiy murojaat etilishi kerak.
SSV yoki viloyat, tuman miqyosida shu holatni to‘liq o‘rganuvchi ishchi guruh tashkil etiladi. Ishchi guruh tomonidan chuqur epidemiologik kuzatuv olib boriladi va barcha tomondan kasallik keltirib chiqarilishiga sabab bo‘lgan omillarning tahlili olib boriladi.
Agarda korxonada sanitariya-epidemiologik me’yorlar va qoidalar talab darajasida tashkil etilmagani va ushlanmagani tasdiqlansa, albatta, bu holat qonun doirasida yechim topadi.
Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.
Teglar:
koronavirus qurboni
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 2 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand