Bolalar orasida kasallik necha yoshlilar o‘rtasida ko‘p uchramoqda? Oldini olish uchun dori ichirish mumkinmi?

Ushbu savollarga AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova javob berdi:

➖ O‘zbekistonda bolalar orasida kasallik 7-18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ko‘p uchramoqda.

Umumiy kasallanish ko‘rsatkichining 55 foizini bolalar tashkil etadi.

Koronavirus yuqishining oldini oluvchi dorilar yo‘q. Lekin bolalar orasida sog‘lom turmush tarzini, kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish hamda barcha sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish orqali immunitetni oshirish mumkin.