Islom sivilizatsiyasi markazida yong‘in sodir bo‘ldi

Kecha, 5 dekabr kuni soat taxminan 16:38 larda Toshkent shahri Olmazor tumani, Zarqaynar 1-tor ko‘chasida bunyod etilayotgan Islom silivizatsiyasi markazi binosidagi 150 kvadrat metr maydonda teploizolyasiya (penoplast) mahsulotlari yongan.

Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, ushbu yong‘indan yangi qurilayotgan binoga zarar yetmagan.

Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 16:44 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 16:54 da qurshab olinib, soat 17:06 da o‘chirilgan.

Qurbonlar va jabr ko‘rganlar yo‘q.