Islom Karimov xotirlandi
Viloyatimizda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti tavallud kuniga bag‘ishlangan tadbirlar Samarqand shahridagi Hazrati Xizr majmuasida Islom Karimov maqbarasini ziyorat qilish bilan boshlandi.
Viloyat va shahar hokimliklari rahbarlari, faollar va jamoatchilik vakillari ishtirokida Qur’on tilovat qilindi.
Islom Karimovning mustaqil O‘zbekiston davlatini barpo etish va xalqaro maydondagi obro‘sini oshirish, xalqimiz farovonligi yo‘lida ko‘rsatgan tashabbuslari hamda Samarqandda amalga oshirgan bunyodkorlik ishlari yodga olindi.
Shundan so‘ng Registon maydonida o‘rnatilgan Islom Karimov haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi.