Isroilning keng ko‘lamli hujumlaridan so‘ng Livan janubida aholi uylarini tashlab ketmoqda

Isroil aviatsiyasi Bayrutning janubiy chekkasiga va Livanning ichki qismidagi uchish maydonchalari, shtab-kvartira va harbiy binolarni o‘z ichiga olgan Bekaa mintaqasiga zarbalar berishda davom etmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dushanbadan buyon Isroilning Livandagi portlashlari qurbonlari soni qariyb 500 nafarga yetdi, deb xabar berdi mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi, mingdan ortiq kishi jarohat olgan.

Livanliklar Isroilning ehtimoliy quruqlikdagi operatsiyasi haqidagi ma’lumotlar tufayli janubiy hududlarni tark etib, mamlakat ichki hududlariga ko‘chib o‘tmoqda.