Italiyada vulqon otilib, shaharlarni kul bilan qopladi

Sitsiliya yaqinidagi Italiyaga qarashli orolda faollashib turgan Stromboli vulqoni kuchaydi va yaqin atrofdagi shaharlarni kul ustuni bilan qopladi. Bu haqda vulqonni kuzatayotgan olimlar ma’lumotlariga asoslanib Il Mattino nashri xabar berdi.

Gazeta manbalariga ko‘ra, kraterlardan biridagi portlash ulkan kul ustunini hosil qilgan. Bunday hodisa besh kun oldin mahalliy aholini xavotirga sola boshlagan edi: portlash shu qadar kuchli ediki, uni qo‘shni orollarda ham sezish mumkin bo‘ldi. O‘tgan yili shunga o‘xshash hodisalar bir necha bor takrorlangan, ammo, ulardan hech qanday zarar ko‘rilmagan, faqat bir holatda kul otilishi 35 yoshli sayyohning o‘limiga sabab bo‘lgan.

Yil boshida esa tabiatda kamdan-kam uchraydigan hodisa kuzatildi: Filippindagi Taal vulqonining kuchli otilishi paytida momaqaldiroq yuzaga keldi.