Janubiy Qozog‘istonning "Ayg‘aq" telekanali Samarqand shahrining turistik ob’yektlari bo‘yicha videorolik tayyorladi
Kecha, 25 fevral kuni Qozog‘istonning "Ayg‘aq" teleradiokompaniyasi direktori Dulat Abish boshchiligidagi jurnalistlar delegatsiyasi Samarqand shahriga tashrif buyurdi.
Qozog‘istonlik jurnalistlar Samarqandning sayyohlik salohiyatini namoyon etuvchi tarixiy yodgorliklarni tasvirga olish ishlarini olib bordi. Registon maydoni, Amir Temur maqbarasi, Shohi Zinda majmualarini ziyorat qilishdi.
Ular tayyorlagan videorolik Chimkentdagi “Ayg‘aq” telekanalida namoyish etiladi va bu Qozog‘istondan Samarqandga sayyohlar oqimining o‘sishiga yordam beradi.
Ma’lumot uchun: "Ayg‘aq" telekanali bolalar va yoshlar uchun axborot, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy dasturlarni efirga uzatadi.
Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati.