Japarov Qirg‘iziston prezidenligi uchun saylovlarda ishtirok etish uchun hujjat topshirdi
Prezident vazifasini bajaruvchi, Qirg‘iziston Bosh vaziri Sadir Japarov 2021 yil 10 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun mamlakat Markaziy saylov komissiyasiga (MSK) hujjat topshirdi. Bu haqda mamlakat prezidenti matbuot xizmati RIA Novosti nashriga ma’lum qildi.
“Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov 14 noyabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘z nomzodini ko‘rsatish uchun hujjatlar to‘plamini Qirg‘iziston Respublikasi saylov va referendumlar bo‘yicha Markaziy komissiyaga taqdim etdi”, dedi matbuot xizmati vakili.
Ma’lum qilinishicha, Qirg‘iziston Respublikasi MSKning davlat rahbari lavozimiga nomzodlar uchun hujjatlar ro‘yxati to‘g‘risidagi qaroriga binoan Japarov prezidentlikka nomzodini ko‘rsatish niyati to‘g‘risida ariza, boshqa davlat fuqaroligi yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotnoma, chet el fuqaroligi borligi yoki yo‘qligini tekshirish uchun shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga yozma rozilik, davlat tilini bilish darajasi to‘g‘risida ma’lumotnoma va boshqa zaruriy ma’lumotlar, hujjat shakllari va nusxalarini taqdim etgan.