Jazirama issiq tahdidi

Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida yozgi jazirama issiq qurg‘oqchilik, o‘rmon yong‘inlari, suv toshqinlariga sabab bo‘lmoqda, koronavirus pandemiyasi va neft bahosining tushib ketishi oqibatida katta zarar ko‘rgan jahon iqtisodiyotini qiyin ahvolga solib qo‘ymoqda, deb yozadi «Mir novostey» (2020, 12-son) haftanomasi.
Yozning issiq kelishi haqida hali yanvar oyidayoq g‘arb meteorologlari ogohlantirishgandi. AQSh, Yevropa, Buyuk Britaniya ushbu tahdid ostida turibdi. "Keyingi prognozlar ham quvonarli emas. Yoz jahon tarixida 75 foiz ehtimol bilan jazirama issiq bo‘lishi kutilmoqda. Keyingi yillarda bunday harorat rekordlari yozda muntazam kuzatilyapti. Ammo rekordlar bu bilan tugamaydi. Besh yil ichida harorat ko‘tarilgandan ko‘tarilib boradi", deydi Rosgidrometsentr» ilmiy rahbari Roman Vilfand.
Buyuk Britaniya va Irlandiya metereologlari ham o‘z mamlakatlarida favqulodda jazirama issiq haqida tashvish bilan aytishmoqda. Xitoyda esa odatdagidan ko‘ra qurg‘oqchilik. Vaziyat AQShda, ayniqsa, tashvishli. Mamlakatga Atlantika dovullari tahdid solmoqda. Bu Floridadan Shimoliy Karolinagacha bostirib o‘tadi.
"Xatar shundaki, - deydi olimlar. - Yevropa va AQShda yozgi harorat o‘rtacha yozgi haroratdan 10 daraja yuqori bo‘ladi. Arktika muzligini erishi va qit’ani suv ostida qolishi – butunjahon ekologik fojiasi ro‘y berishi uchun bu yerda global haroratning 1,5 darajaga oshishi kifoya".
Umuman, prognozlar shuni ko‘rsatmoqdaki, insoniyat tabiatga munosabatini o‘zgartirmasa, atmosfera va atrof-muhitni zararli gazlar, chiqindilar bilan zaharlanishining oldini olmasa tirik mavjudotlar, shu jumladan, odamzotning sayyoramizda yashashi xavf ostida qoladi.
T.Shomurodov tayyorladi.