Jomboy va Samarqand tumanlariga yangi hokimlar tayinlanishi kutilmoqda
- 30.07.2019 11:58
- 1018
- Dolzarb
Bugun kunning ikkinchi yarmida xalq deputatlari Jomboy va Samarqand tumanlari kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalari chaqirilgan.
Sessiyalarda mazkur tumanlarga hokim tayinlash masalasi ko‘rilishi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 26 iyul kuni Samarqand viloyatiga tashrifi ortidan Samarqand tumani hokimi Shuhrat Jamolov va Jomboy tumani hokimi Umidjon Nazarov hamda ushbu tumanlardagi sektorlar rahbarlari – prokuror, ichki ishlar bo‘limi va soliq inspeksiyasi boshliqlari vazifasidan ozod etilgan edi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa