Jomboylik o‘quvchi xalqaro olimpiada g‘olibi

Jomboy tumanidagi 46-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari Inxa universitetining Toshkent filialida AQSh tashabbusi bilan tashkil etilgan “Math League” nomli xalqaro matematika fan olimpiadasida munosib qatnashdi.

Respublikamiz umumta’lim maktablarining 3-11 sinf o‘quvchilari ixtiyoriy ravishda qatnashib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Unda ishtirok etgan Jomboy tumanidagi 46-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi Ozodbek Axtamov 130,25 ball to‘plab, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Malohat TUGULOVA.