Joylarda tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

Viloyat OITSga qarshi kurash markazi qoshida tashkil etilgan mobil brigada mutaxassislari Urgut, Narpay va Paxtachi tumanlarida aholini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.

Tibbiy ko‘rikda tor mutaxassislar terapevt, akusher-ginekolog, pediatr, oftalmolog va boshqa mutaxassislar tomonidan ko‘riklar olib borilib, maslahatlar berildi.

Aholi, homiladorlar, ayniqsa yoshlar orasida OIV infeksiyasi, virusli gepatit V, S va jinsiy yo‘l orqali yuquvchi infeksiyalarni erta aniqlash maqsadida laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazildi.