JSST bolalarda kelib chiqishi noma’lum gepatitning 900 dan ortiq holatini aniqladi
- 26.06.2022 21:33
- 34
- Salomatlik
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hisobotiga ko‘ra, dunyoning 33 mamlakatida bolalarda etiologiyasi noma’lum bo‘lgan og‘ir o‘tkir gepatitning 920 ehtimoliy holati qayd etilgan.
Ta’kidlanishicha, bu ma’lumotlar 2022 yil 22 iyun holatiga to‘g‘ri keladi. Oldingi hisobot 27 may kuni e’lon qilinganidan beri JSSTga 270 ta, jumladan, yaqinda yana to‘rtta mamlakatdan ma’lumot olingan.
"JSSTning beshta hududida bolalarda noma’lum etiologiyali og‘ir o‘tkir gepatitning aniqlanishi odatiy hol emas va ayrim holatlarning og‘ir klinik oqibatlari batafsil o‘rganishni talab qiladi", deyiladi hisobotda.
Yosh bolalarda kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan gepatit epidemiyasi birinchi marta aprel oyida, hozirgacha o‘nta holat qayd etilgan Buyuk Britaniyada aniqlangan. Umumiy sondan 18 (2 foiz) bemor vafot etgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa