Ka’ba atrofidagi to‘siq olib tashlandi

Xorij va mahalliy sayt va ijtimoiy tarmoqlarida Ka’ba atrofidagi to‘siq olingani haqida xushxabarlar tarqaldi.

Ularning orasida ayni vaqtda Makka shahrida bo‘lib turgan o‘zbekistonlik ziyoratchilar ham borligi quvonarli hol.

Endilikda butun dunyo musulmonlari qatori o‘zbekistonlik ziyoratchilar ham Ka’bai muazzamani qo‘li bilan ushlab, Hajarul-asvadni o‘pib, tavof qilish imkoniga ega bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi sabab 2020 yilda Ka’ba atrofida to‘siq qo‘yilib, umra yo haj qiluvchilarga masofadan turib tavof qilishayotgan edi.

“Haj – 2022” mavsumida muborak ibodatni ado etgan hojilarimiz shu yil 4 avgust kuniga qadar yurtimizga qaytishi reja qilingan.