Kamchatkada 67 kun qayiqda ochiq dengizda qolib ketgan erkak topildi

Ma’lum bo‘lishicha, shu yilning 4 avgust kuni Mixail, Sergey va Ilya (15 yosh) kitlarni tomosha qilish uchun Oxot dengizi orqali Shantar orollari tomon yo‘lga chiqishadi. Ular o‘zlari bilan issiq kiyim, qutqaruv jiletlari, fonar, oz miqdorda oziq-ovqat va 20 litr suv olishadi.

9 avgust kuni ular ortga qayta boshlashadi, biroq Saxalinga yetib borishmaydi. Bir oydan ortiq davom etgan qidiruv hech qanday natija bermaydi.

Kecha, ikki oy o‘tgach qayiqni Kamchatka qirg‘oqlaridan 23 kilometr uzoqlikda baliqchilar topishgan. Qayiqda faqat Mixail tirik, uning do‘sti va jiyanining esa jasadlari bor edi.

Aytilishcha, tirik qolgan Mixail hozirda hushsiz va ahvoli og‘ir. U 50 kilogram vazn yo‘qotgan.