Kanadada portlash 22 kishini hayotdan olib ketdi

Kanadaning Britaniya Kolumbiyasidagi Vankuver orolidagi Comox harbiy bazasida yuz bergan portlash qurbonlari soni 22 kishiga yetdi. Bu haqda bugun, shanba kuni CTV News xabar berdi.

Kanada Milliy mudofaa departamenti ma’lum qilishicha, ta’mirlash ishlari olib borilgan kazarma binosidagi portlashda jarohatlanganlar orasida nafaqat harbiylar, balki tinch aholi vakillari ham bor: 16 askar va olti nafar tinch aholi.

Bino ta’mirlanayotgan bo‘lsa-da, u turar-joy sifatida ishlatilgan. Portlash vaqtida binoda, garchi ularning hammasi uyda bo‘lmagan bo‘lsada, 59 kishi istiqomat qiladi.

«Tun bo‘yi akustik va infraqizil texnologiyalardan yordamida harbiylar va qutqaruv-qidiruv guruhi vojea joyida qutqaruv ishlarini olib borishdi», dedi Elliot.

Voqea sababi federal va provinsiya rasmiylari tomonidan tekshirilmoqda.