“Kattalar” o‘tmaydigan yo‘l qachon asfalt qilinadi?
- 11.03.2019 17:07
- 205
- Jamiyat
Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Payshanba qo‘rg‘oni bilan Ishtixon tumanini bog‘lovchi yo‘l qachon asfalt qilingani odamlarning yodidan ko‘tarilib ketgan. Ko‘chadagi o‘ydim-chuqurlar yildan-yilga ortib, abgor ahvolga kelib qolgan.
O‘tgan yil sentyabr oyida yo‘lning Payshanba qo‘rg‘onidan Yodgorxo‘ja qishlog‘igacha bo‘lgan qismida asfalt yotqizildi. Aholi ana endi bizning yo‘l ham ravon bo‘ladi, deb quvongan edi. Afsuski, ularning quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi. Yo‘lning qolgan qismi avvalgiday qoldi. Kishilar “bu ichki yo‘l-da bundan “kattalar” o‘tmaydi, agar bizning ko‘chalardan ham rahbarlar yurganda allaqachon asfalt bo‘lardi” deyishadi. Rostdan ham shundaymikan-a?
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!