Kattaqo‘rg‘on shahri mahallalarida yangi transformatorlar o‘rnatildi
Bugun iste’molchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida qator dastur va qarorlarga muvofiq sohada olib borilayotgan keng ko‘lamli ijobiy o‘zgarishlarni kuzatyapmiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 noyabrdagi PQ-2661-son «2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qilish va yangilash dasturi to‘g‘risida»gi qarori, «Obod qishloq» hamda «Obod mahalla» dasturlari asosida bajarilayotgan ishlar shular jumlasidandir.
«Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJning Kattaqo‘rg‘on tumani va shahri misolida oladigan bo‘lsak, bugungi kunda Kattaqo‘rg‘on shahrida 2020 yil dasturi asosida 3 jamlanma transformatorlar o‘rnatildi. Shundan, Islom Shoir MFYga 100 kVa.li transformator, 1,5 yem SIP havo tarmog‘i, Qoriravot MFYga 100 kVa.li transformator o‘rnatildi. Shuningdek, Ko‘hnadam MFYga 160 kVa.li 1 kilometr SIP havo tarmog‘i tortildi.
Hozirgi kunda hudud elektr energiyasi bilan to‘liq ta’minlanmoqda.
"Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ matbuot xizmati.