Kattaqo‘rg‘on suv ombori hududi chiqindilardan tozalandi
Yoshlar orasida ekologik madaniyatni shakllantirish, atrof-muhitni obodonlashtirish va chiqindilardan tozalash maqsadida “Plogging” chiqindi terish aksiyasi tashkil etildi.
Ushbu aksiya viloyatning Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan suv omborida o‘tkazilib, sohil bo‘yi chiqindilardan tozalandi. Hududda faoliyat yurutuvchilar uchun atrof -muhit tozaligini saqlash va tabiat uchun barchamiz birdek mas’ul ekanligimiz tushuntirildi.
Aksiyada Yoshlar agentlik viloyat boshqarmasi mas’ullari, Kattaqo‘rg‘on tuman va shahar yoshlar ishlari bo‘limi, eko-volontyorlar hamda hududdagi ko‘ngilli yoshlar faol ishtirok etdi.