Kattaqo‘rg‘on tumanida 1,5 mlrd so‘m kredit mablag‘lari talon-toroj qilingan
- 26.08.2022 16:05
- 303
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlari tomonidan banklarning komplayens-nazorati tuzilmalari bilan hamkorlik doirasida pul mablag‘larining talon-toroj qilinishi fosh etilgan.
Xususan, Departamentning Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan hududiy tijorat banki filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “P.A.” MChJ rahbari L.N. va fuqaro D.M. parrandachilikni rivojlantirish uchun ajratilgan 1,5 mlrd so‘m kredit evaziga xarid qilingan parrandalarni va omuxta yem mahsulotlarini naqd pulga sotib yuborib, kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.