Kattaqo‘rg‘on tumanida alimentdan qarzdor ota farzandi uchun 334 million so‘m pul va avtomashina sovg‘a qildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining qaroriga asosan qarzdor O‘.Q.dan undiruvchi M.Sh.ning foydasiga bir nafar farzandining ta’minoti uchun to‘rtdan bir qism miqdorda aliment undirish belgilangan va sud qarori MIBning Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.
Byuroning Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi davlat ijrochisi Bekzod Vohidovga ko‘ra, davlat ijrochisi tomonidan O‘.Q.ga qarzdorlikni o‘z vaqtida bartaraf etmaslik oqibatlari bo‘yicha tushuntirish berilgandan so‘ng aliment to‘lovlaridan bo‘lgan qarzdorligini hamda farzandining voyaga yetgunga qadar, ya’ni 18 yoshgacha bo‘lgan davri uchun 334 million so‘m pul va “Neksiya-2” rusumli avtomashinasi sovg‘a qilgan.
Shu tarzda mazkur ijro hujjati tegishli tartibda ish yuritishdan tugatilgan.