Kattaqo‘rg‘onda “Ko‘cha soliqchisi” qo‘lga tushdi
Viloyat huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘nalishida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Jumladan, Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan “Kattaqo‘rg‘on-Toshkent” avtoturargohida noqonuniy ravishda mazkur yo‘nalishda qatnovchi kirakashlarning har biridan 20-25 ming so‘mdan kunlik noqonuniy pul mablag‘lari undirish bilan shug‘ullanib kelayotgan “ko‘cha soliqchisi” - 1990 yilda tug‘ilgan, Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro I.J. qo‘lga olindi.
Hozirda I.J.ga nisbatan tergovga qadar tekshiruv tadbirlari olib borilmoqda.