Kattaqo‘rg‘onda sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda
Kattaqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tgan M-37 magistral avtomobil yo‘lida sayyohlarga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 10 ta zamonaviy hojatxonalar qurilishi, mavjudlarini qayta ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Yilning o‘tgan 9 oyi davomida tumanda ana shunday 42 ta maskan qurildi, zamon talabiga mos ta’mirlandi. Kelasi yili mazkur magistral yo‘l yoqasida yana 2 ta hojatxona qurilishi, bittasining qayta ta’mirlanishi rejalashtirilgan.
Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi matbuot xizmati.