Kattaqo‘rg‘onlik tadbirkorlar hindistonlik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda biznes yuritadi

Kattaqo‘rg‘on shahrida Hindistonning “Bengal biznes Kengashi” delegatsiyasi a’zolari hamda kattaqo‘rg‘onlik tadbirkorlar ishtirokida biznes forum bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda dastlab hindistonlik tadbirkorlarga Kattaqo‘rg‘on shahrining investitsion jozibadorligi, imkoniyatlari namoyish etildi. So‘ngra ikki hudud tadbirkorlari o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida B2B hamda G2B shaklidagi muloqotlar o‘tkazildi.
Forum doirasida Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi va Hindistonning Bengal biznes kengashi o‘rtasida kimyo sanoati va qurilish tarmog‘ida, shuningdek ta’lim, IT, sog‘liqni saqlash sohalarida 11 ta kelishuv memorandumlari imzolandi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.