Kelajak yoqilg‘ilari
Butun dunyoda ekologik toza elektromobillar va vodorod yoqilg‘isiga o‘tilmoqda. Ammo olimlar bu bilan cheklanib qolishayotgani yo‘q. Ular bir-biridan qiziqarli loyihalarni taklif etishmoqda.
Benzin o‘rniga gorchitsa
Biohosil allaqachon yangilik emas. Ammo hozircha yeyish mumkin bo‘lgan ekinlardan foydalanilmoqda: shakar qamish, raps, soya, makkajo‘xori, palma va kokos moyi.
AQSh Jorjiya universiteti loyiha mualliflari bioyonilg‘i uchun yeb bo‘lmaydigan ekin xantal (gorchitsa)dan foydalanishni taklif etishmoqda. Efiopiyaning bu o‘simligi qayerda bo‘lmasin injiqlik qilmay o‘saveradi. Eng muhimi, tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, undan yoqilg‘i olish juda arzon. Neftdan olinadigan yoqilg‘i-dizelning bir metri 50 sentga tushsa, gorchitsadan olinadigan yoqilg‘i litri 12 sentga tushadi.
Sho‘rva qoldig‘idan biodizel yoqilg‘isi
Yaponiyalik Masumi Nisida an’anaviy yapon sho‘rvasi qoldiqlaridan har kuni 3 ming litrga yaqin biodizel yoqilg‘isi ishlab chiqaryapti. Bu Masumi Nisidaning transport kompaniyasi uchun bemalol yetadi. Bunday yoqilg‘i ishlab chiqarish uchun biznesmen har kuni 2 mingta kafe va restoranlardan sho‘rva sarqitlarini sotib oladi.
Chiqindidan «yoqilg‘i»
Ekologik toza va arzon yoqilg‘i ishlab chiqarish varianti plastikadan yoqilg‘i olishdir.
Gap shundaki, Yer sayyorasida plastik chiqindilar yil sayin ko‘payib bormoqda: dengiz va okeanlar, turarjoylar, o‘rmon va soy bo‘ylarida bu chiqindi tabiatga xavf tug‘dirmoqda. Ularni atigi 9 foizi qayta ishlanyapti, qolgan qismi esa yaroqsiz, atrofni ifloslantiruvchi chiqindiligicha qolyapti.
Vashington universiteti olimlari plastik chiqindini bir soat ichida yoqilg‘iga aylantirish texnologiyasini yaratdilar. Bu yoqilg‘i arzon va ekologik toza.
T.Shomurodov tayyorladi.