Kishi hayoti davomida qancha masofani bosib o‘tadi?

Olam cheksiz sirlardan iborat. Biz har kuni juda ko‘p yangi narsalarni bilib olishimiz mumkin.
🔹 Yer 23 soat 56 daqiqa 4 soniya tezlikda aylanadi. 4 yil ichida 24 soatni to‘ldiradigan ortib qolgan soniyalardan qo‘shimcha kun olinadi. Kabisa yili shu sabab hosil bo‘ladi.

🔹 Bir kishi butun hayoti davomida Yerni uch marta aylanib chiqishga yetadigan masofani bosib o‘tadi.

🔹 Bizning terimizda butun sayyoradagi odamlarga qaraganda ko‘proq tirik organizmlar yashashi mumkin.

🔹 Yerdagi eng quruq joy Antarktidada joylashgan. G‘alati tuyulsa-da, Antarktidaning Mak-merdo vodiysida 2 million yildan beri yog‘ingarchilik bo‘lmagan.



🔹 Quyoshning tovushi shunchalik balandki, agar bo‘shliq vakuum bilan emas, havo bilan to‘ldirilganda edi, biz doimo 125 detsibel kuchli chiyillagan ovoz eshitib turardik.



🔹 Inson tanasidagi eng kuchli mushak bu - til.

🔹 Erkak kishini chaqmoq urishi ehtimoli ayol kishiga qaraganda 6 baravar ko‘proq.

🔹 Agar Sosa-Solaga rang beruvchi modda qo‘shilmasa, u yashil rangga ega bo‘lardi.

🔹 To‘rt yoshdan o‘tgan bola kuniga o‘rtacha 400 tagacha savol beradi.



🔹 Kosmonavtlarning dubulg‘asida burunni qichib qo‘yish uchun maxsus moslama o‘rnatilgan.

🔹 Xitoyliklar XII asrda Quyosh ko‘zoynaklaridan foydalangan. Linzalar tutunli kvarsdan qilingan va qo‘pol ramka ularni yuzda tutib turadi. Ko‘zoynak nafaqat jazirama quyoshdan himoya qilar, balki hissiyotlarni yashirishga yordam berar edi. Shuning uchun sudyalar guvohlar va gumonlanuvchilarni so‘roq qilishda bu ko‘zoynaklarni taqqan.

Bahora tayyorladi.