Kollej o‘quvchilari avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonalarga sayohat qildi

Joriy yilning 19 dekabr kuni Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Samarqand avtomobil va yo‘llar kasb-hunar kolleji o‘quvchilari uchun ekskursiya tashkil etdi.

Sayohat chog‘ida o‘quvchilar “JV MAN Auto-Uzbekistan”, “Uz Auto Trailer”, “O‘zautotrailer-Kamaz” MChJga qarashli korxonalarda bo‘ldi. Ular ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, korxona ishchilari bilan suhbatlashdi.

Sayohat davomida kollej o‘quvchilari Mirzo Ulug‘bek rasadxonasida bo‘lib, buyuk ajdodlari faoliyati tarixi haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

B.MUSTANOV.