Kolumbiyada jarohatlanganlar soni 840 kishiga yetdi

Kolumbiyada ommaviy tartibsizlik kelib chiqdi. Unda 840 dan ortiq kishi jarohat oldi. Jabrlanganlar orasida 540 nafar politsiya xodimi bor. Yana 431 namoyishchi hibsga olingan, deb xabar beradi "Izvestiya" telekanali.

Banklar va do‘konlar vayron qilingan. Mamlakat Prezidenti Ivan Dukening buyrug‘i bilan bir qator shaharlarga harbiylar kiritildi. Namoyishlar oltinchi kun davom etmoqda.

Odamlar soliqlarni oshirishga qarshi. Vaholanki, prezident Ivan Duke soliq islohoti loyihasini allaqachon to‘xtatgan va benzin, kommunal xizmatlarga QQS qo‘llanilishini kengaytirish hamda daromad solig‘i bazasidan voz kechgan.