Bag‘doddagi namoyishchilar Yashil hududdagi parlament binosiga bostirib kirdi

Iroqda yangi bosh vazir tayinlanishiga qarshi norozilik bildirgan nufuzli shia imomi Muqtada as-Sadr tarafdorlari ikkinchi marta Iroq hududidagi parlament binosiga - Iroq hukumat idoralari va bir qator xorijiy elchixonalar joylashgan Bag‘dod Yashil zonasiga bostirib kirdi, deb xabar beradi Associated Press.

"Biz bugun korrupsioner siyosatchilarni quvib chiqarish va ularning parlament majlisini o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun keldik. Biz as-Sadrning chaqirig‘iga javob berdik", - deya namoyishchilardan birining so‘zlaridan iqtibos keltirgan agentlik.

Ayni paytda Arab News arablararo axborot resursiga tayangan Iroq matbuoti xabarlariga ko‘ra, Iroq xavfsizlik kuchlari namoyishchilarni tarqatib yuborish uchun suv purkagich va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatishi oqibatida kamida yetti kishi jarohatlangan.

Bag‘doddagi norozilik namoyishlari o‘tgan chorshanba kuni, amaldagi bosh vazir Mustafo al-Kazimiyning zudlik bilan tarqalish chaqirig‘iga qaramay, bir necha yuzlab namoyishchilar parlament binosiga bostirib kirganida boshlangan.

Namoyishchilar Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan shia partiyalari boshchiligidagi Muvofiqlashtiruvchi tuzilma blokidan Muhammad al-Sudaniy nomzodining bosh vazir lavozimiga ko‘rsatilishiga qarshi.

Namoyishchilarning aksariyati oktyabr oyidagi saylovlarda Sadr tarafdor kuchlari parlamentda eng ko‘p o‘rinlarni qo‘lga kiritganiga qaramay, yaqinda mamlakat rahbarlarini tanlash uchun siyosiy jarayonlardan chekingan Imom Muqtada as-Sadr tarafdorlaridir.