Eronda xavfsizlik kuchlari yana namoyishchilarga qarata o‘t ochdi, qurbonlar bor
Eronda kecha, 28 oktyabr kunidagi namoyishlar qon to‘kilishga aylandi. Sistan va Belujiston viloyatining markazi - Zahidan shahrida, guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlik kuchlari namoyishchilarga qarata o‘t ochgan.
Namoyish shia teokratiyasiga qarshi shiorlar ostida o‘tkazildi. Namoyish markazlaridan biri Erondagi eng yirik sunniy masjidi Makki bo‘lib, u yerda shahar aholisi juma namozini o‘qish uchun yig‘ilgan. Axborot agentliklariga ko‘ra, aynan shu yerda otishma eshitilgan.
Zohidonda norozilik kampaniyasi boshlanganidan beri kamida 30 kishi halok bo‘ldi. Rasmiylar xavfsizlik xizmatlarining namoyishlarni tarqatish bo‘yicha ishini qoniqarsiz deb topdi va politsiya boshlig‘i ishdan bo‘shatildi. Sistan va Belujiston viloyati xavfsizlik kengashi yaradorlar va halok bo‘lganlarning oilalariga tovon puli to‘lashni va’da qildi.
Namoyishlar Eronning boshqa shaharlarida ham bo‘lib o‘tdi. Eron Kurdistoni poytaxti deb atalgan Mahobod ayniqsa katta namoyishlar markaziga aylandi. Erondagi norozilik namoyishlari bir yarim oydan beri tinmayapti. Bunga diniy ro‘molni noto‘g‘ri o‘rashda ayblanib, hibsga olingan ayol o‘limi sabab bo‘lgan.