Fransiyadagi vaziyat haqida qisqa satrlarda
▪️ 17 yoshli o‘spirinning politsiya tomonidan otib o‘ldirib qo‘yilishi ortidan Fransiya hukumati 5 kun davomida tartibsizliklarni jilovlay olmayapti. Voqealar fonida o‘spirinning buvisi Nadya vaziyatni yaxshilashga, namoyishlarni to‘xtatishga chaqirgan.
▪️ Hujumlar avj olishning yangi darajasiga ko‘tarildi, OAV Parij meri uyi va mulkiga hujum qilingani, ayol va bola jarohatlangani haqida xabar bergan;
▪️ 10 ta politsiya uchastkasiga, 6 ta mahalliy politsiya bo‘linmalariga, 10 ta jandarmeriya kazarmalariga hujum uyushtirilgan;
▪️ so‘nggi bir kechada 700 kishi hibsga olingan, jamoat joylarida 800 ta o‘t qo‘yish holatlari qayd etilgan;
▪️ 45 nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari, jumladan travmatik va o‘qotar qurollardan jarohatlanganlar bor;
▪️ birgina Marsel va janubdagi shaharlardagi do‘konlarning yo‘qotishlari 100 million yevrodan ko‘proqqa baholanmoqda;
▪️ Xitoy hukumati Fransiyada sayyohlar bo‘lgan avtobusga hujumdan so‘ng bu mamlakatdagi fuqarolarini hushyor bo‘lishga chaqirgan.
▪️ Makron yakshanba kuni kechqurun Senat va Milliy Assambleya rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazgan va Fransiyada "tartibni tiklash uchun harakat qilishga" chaqirgan.
▪️ Yaqinda mamlakat prezidenti Yelisey saroyida so‘nggi tartibsizliklardan jabr ko‘rgan 220 dan ortiq kommuna merlarini qabul qilishi kutilmoqda, bundan oldin esa Senat va Milliy Assambleya rahbarlari bilan uchrashgan.