Koronavirus infeksiyasi qayta aniqlanayotganligi tufayli Seulda muzey va teatrlar qayta yopiladi

Janubiy Koreya poytaxti Seulda yangi koronavirus holatlari aniqlanayotganligi tufayli bir qator muzey, galereya va teatrlar ikki hafta muhlatga qayta yopiladi. Bu haqda 29 may kuni Janubiy Koreyaning madaniyat, sport va turizm vazirligi xabar qildi.

Ma’lumotga ko‘ra, 29 maydan 14 iyunga qadar Seulning Inchxone va Kyongido provinsiyalarida to‘qqiz turdagi davlat tashkilotlari, jumladan, kutubxonalar, muzeylar va galereyalar, konsert zallari, rassomchilik tashkilotlari kabilar yopiladi. Tashkilotlar faoliyatining qayta tiklanishi koronavirus bilan bo‘lib turgan vaziyatga qarab yana uzaytirilishi mumkin.