Koronavirus: MDH davlatlaridagi vaziyat
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, MDH davlatlari ichida eng ko‘p kassalanganlar Rossiyada qayd etilgan va 10131 nafarni tashkil etmoqda. Undan keyingi o‘rinlarni 1486 nafar kasallangan bilan Belorus va 1289 nafar kasallangan bilan Moldaviya band etgan.
Birinchi uchlikdan keyingi o‘rinlar quyidagicha: Ozarbayjonda – 926 nafar, Armanistonda – 921 nafar, Qozog‘istonda – 781 nafar, O‘zbekistonda – 624 nafar (10 aprel soat 10:00 holati) va Qirg‘izistonda – 280 nafar kasallanganlar qayd etilgan.
O‘lim holatining eng yuqori ko‘rsatkichi Moldaviyada qayd etilgan. U yerda kasallanganlarning 2.25 foizi vafot etgan. Eng past ko‘rsatkichlar Rossiya (0.75 foiz) va O‘zbekistonda (0.52 foiz) qayd etilgan.
Qolgan davlatlardagi ko‘rsatkichlar 0.97 foizdan 1.43 foiz o‘rtasida tebranmoqda. Ukrainada 3.01 foiz kasallanganlar vafot etgan va Gruziyada – 1.1 foiz.
MDH davlatlari ichidagi o‘lim holatining o‘rtacha ko‘rsatkichi 1.13 foizni tashkil etmoqda (Gruziya va Ukraina bilan birgalikda). Mazkur ko‘rsatkich dunyo miqyosida 6.1 foizga teng.