Korxonalar elektr energiyasidan to‘g‘ri foydalanyaptimi?
![](https://static.zarnews.uz/crop/b/6/720__80_b6f7e8962c4d61554c9a14784ea835a9.jpg?img=self&v=1739334635)
Respublika bo‘yicha mutaxassislardan iborat ishchi guruh tomonidan viloyatimizda energiya samaradorligiga erishishni ta’minlashga qaratilgan ilmiy-texnikaviy o‘rganishlar davom etyapti.
Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.Aminov yetakchiligidagi ishchi guruh o‘rganishlar davomida viloyatda energetika tizimini yaxshilash, energiya resurslarini talon-toroj etilishining oldini olish, o‘g‘irliklarni fosh qilish hamda energiya samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Xususan, Samarqand tumanidagi “Gulobod Eko Agrologistika Bozori” MChJga tegishli bozor hamda “Ilonsoy Loman Parranda” fermer xo‘jaligi faoliyati bilan tanishildi. Shu bilan birga, Oqdaryo tumanida joylashgan “Ohalik oltin bog‘i mevasi” MChJga qarashli nihol yetishtirishga mo‘ljallangan issiqxona, Toyloq tumanidagi “MITRA” MChJga tegishli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi, Jomboy tumanidagi “Maroqand meva sabzavot”, “DIAMOND GLASS”, Kattaqo‘rg‘on shahridagi “Klassik motor”, Bulung‘ur tumanidagi “Sam Fruit Bio” MChJlarning energiya resurslarini iqtisod qilish borasida olib borayotgan ishlari o‘rganilib, resurslardan samarali foydalanish, ularni talon-toroj etilishining oldini olish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi.
Bundan tashqari, Nurobod tuman elektr tarmoqlariga qarashli “Ulus” va “Sobirsoy” nimstansiyalari, Qo‘shrabot tumanidagi “Pichot” nimstansiyasida iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash ahvoli ko‘zdan kechirilib, mas’ullarga zarur topshiriqlar berildi.