Kuz-qish mavsumida kasallik avj olib ketish ehtimoli qanday?
Kuz-qish mavsumi gripp, paragripp, o‘tkir respirator kasalliklar avj oladigan davr xisoblanadi.
Koronavirus qo‘zg‘atuvchisi ham nam va past haroratni yaxshi ko‘radi. Hamma viruslar singari koronavirus qo‘zg‘atuvchisiga ham issiq va quruq havo noqulay hisoblanadi va bunday sharoitda kasallik virusi tezda nobud bo‘lishi mumkin.
Biz hali bilmaymiz yurtimizga xos bo‘lgan respirator kasalliklar virusi bilan koronavirus qo‘zg‘atuvchisi qanday chiqishar ekan.
Mikroorganizmlar hayotiga xos bo‘lgan antogonizm va sinergizm tushunchalari bor.
Agar odamlarda uchraydigan respirator kasalliklar virusi va koronavirus bir-biriga antogonist bo‘lsa va kishida boshqacha sinergist mavjud bo‘lsa, boshqacha epidemik vaziyatni kuzatishimiz mumkin bo‘ladi.
Lekin nima bo‘lganda ham ushbu mavsumda kasallikning ko‘tarilishini bashorat qilsak to‘g‘ri bo‘ladi.
Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov ma’lumot berdi.