Kuzgi ratsion: Immunitetni normal holatda saqlash uchun nima qilish kerak?

Buning uchun sog‘lom ovqatlanish va kerakli vitaminlarni o‘z ichiga olgan meva va sabzavotlarni tanlash kifoya.

• Tuzlangan karam, kivi, sitrus mevalari, na’matak tarkibida - C vitamini;
• Yong‘oq, jigar va o‘simlik yog‘i tarkibida - Ye vitamini;
• Tuxum, parranda go‘shti, dengiz mahsulotlari, baliq tarkibida - selen, magniy va rux;
• Ismaloq va sabzi tarkibida - Beta-karotin;
• Zaytun moyi tarkibida (kuniga 2 osh qoshiq kifoya) viruslardan himoya qiluvchi immun stimulyatorlari – Polifenollar mavjud.

Ichak mikroflorasi ham immunitet bilan bog‘liq. U qanchalik sog‘lom bo‘lsa, inson immuniteti shunchalik kuchli bo‘ladi. Fermentlangan pishirilgan sut, ryajenka, tvorog, yogurtlar kabi sutli mahsulotlar ichak faoliyatini normallashtirishga yordam beradi.