Loyiha to‘g‘risidagi ariza 15 kunda ko‘rib chiqiladi

Unga ko‘ra:

davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishda xususiy sherik maktabgacha yoshdagi bolalar uchun to‘garaklar va boshqa ta’lim xizmatlarini tashkil etish, davlat maktabgacha ta’lim muassasasining har bir tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 50 foizigacha miqdorda davlat byudjetidan belgilangan tartibda subsidiyalar olish, bitim shartlari davlat sherigi tomonidan buzilgan taqdirda bitimni sud tartibida bekor qilish huquqiga ega.

Xususiy sherik bitim amal qiladigan muddat davomida tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 25 foizi miqdorida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning farzand­larini ota-onalar to‘lovini tegishli hududdagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan hajmlardan oshmaydigan miqdorda belgilagan holda imtiyozli qabul qilish, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi binosini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash hamda jihozlash uchun loyiha umumiy qiymatining 25 foizi miqdorida o‘z mablag‘larini kiritish, davlat ta’lim talablariga rioya qilish, faoliyat turini o‘zgartirmaslik, muassasani yuqori malakali pedagog va boshqa kadrlar bilan to‘ldirish, tarbiyalash va o‘qitishning yuqori sifatini ta’minlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi.

Xususiy sherik tomonidan bitim muddati tugamasdan bitim ob’yekti tasarruf etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishda davlat sherigi xususiy sherikdan har chorakda bitim shartlarini bajarish yuzasidan axborot olish, monitoring qilish, baholash, kamchiliklarni bartaraf etilishini talab etish huquqlariga ega.

Davlat sherigi xususiy sherikning loyihani amalga oshirishga mablag‘i yetarli bo‘lmasa, unga imtiyozli kreditlar olishda ko‘maklashish, sohada uslubiy va konsultativ yordam ko‘rsatish, xususiy sherikning moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashmaslik majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi.