Madaniyat va san’at xodimlari taqdirlandi

Viloyat musiqali drama teatrida 15 aprel - Madaniyat va san’at xodimlari kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Viloyat hokimining o‘rinbosari Rustam Qobilov soha xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi. Faol ijodkorlarga viloyat hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.
- 40 yildan buyon teatr va san’at sohasida ishlayman, - deydi Samarqand shahar madaniyat bo‘limi boshlig‘i Rita Mahmudova. - Keyingi yillarda sohaga e’tibor oshdi. Jumladan, madaniyat va san’at markazlarining moddiy texnik bazasi yaxshilandi, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 20 ga yaqin loyihalar amalga oshirildi. Madaniyat va san’at xodimlari kuni belgilandi. Bugun ana shu kasb bayramida ko‘p yillik mehnatlarim e’tirof etilib, Madaniyat vazirligi tomonidan "Madaniyat va san’at fidokori" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandim.
Tadbir davomida «Lazgi» ashula va raqs ansambli jamoasining konsert dasturi namoyish etildi.